

Hikoya Ikkinchi jahon urushining so‘nggi oylarida kechadi va ikki farzandning hayot uchun kurashini ochiq, hech qanday pardasiz ko‘rsatib beradi. Ota-onadan ayrilgan Seita va uning singlisi Setsuko bombalangan yurtida boshpana, oziq-ovqat va bir oz mehr izlashga majbur bo‘lishadi. Urushning odamlar ruhiyatiga solgan chuqur jarohati, ochlikning og‘irligi va dunyodagi eng beg‘ubor mavjudot — bola qalbining sinishi tomoshabinga kuchli ta’sir qiladi 😔 Film shafqatsiz voqealarni balandpatosiz, juda sokin va tabiiy tarzda ko‘rsatadi. Aynan shu sodda ammo o‘tkir yondashuv uni urushga qarshi eng kuchli asarlardan biriga aylantirgan.